Namoyish ishtirokchilari hukumat iste’fosini talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.
Gollandiyada o‘ng qanot radikallar chaqirig‘i bilan "sariq reflektorlar"ning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Gaaga, Amsterdam va Rotterdamda namoyish ishtirokchilari hukumatning iste’fosini talab qilmoqdalar.
Namoyishchilar Birlashgan Millatlar Tashkilotining migrasiya paktiga, pensiya yoshini ko‘tarilishiga, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar narxini ko‘tarilishiga qarshi, qochqinlarga qarshi chiqishmoqda.
Gaaga shahrida namoyishchilar parlament binosi oldida yig‘ilib, bosh vazir Mark Ryutte bilan uchrashishni talab qildilar.
Manba: ufq. uz