Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sardoba fojiasi bo‘yicha qancha odam so‘roq qilindi?

A A A
Sardoba fojiasi bo‘yicha qancha odam so‘roq qilindi?

Respublika Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Sardoba fojiasi bo‘yicha tergov davom etayotganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, hisobotlarda aks ettirilgan moliyaviy  manbalar haqiqatda ishlatilganmi yoki yo‘q, bu savolga tezlikda jalb etilgan ekspertlar guruhi javob izlashyapti.  Sudga oid texnikaviy ekspertiza tayinlangan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Tergov ishlari uch oydan oshmagan holda amalga oshirilishi  lozim. Zarurat tug‘ilganda 7 oygacha uzaytiriladi. 170 dan oshiq shaxslar so‘roq qilindi.

Aybdorlar aniqlangandan so‘ng, tegishli tartibda ularga ayb e’lon qilinadi va jinoyat ishi sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Odil sudlovni faqat sudlar amalga oshiradi. Bu qonun bilan belgilab berilgan. Aybdor shaxslarning har biriga  huquqiy baho beriladi.

Odamlar birpasda o‘zlari aybdorlarni topib, ijtimoiy tarmoqlarda hukm o‘qib yuborishadi. Har bir fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, huquqi kafolatlangan.

Kiritildi: 14:05 16.05.2020. O'qildi: 4021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!