Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

«Saodat» seriali xalqaro mukofotga munosib topildi

«Saodat» seriali xalqaro mukofotga munosib topildi

«O‘zbektelefilm» DUK seriallari Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan «Slavyan ertagi» Yevroosiyo kinotelefestivalida bir necha mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu kinofestivalga turli davlatlardan 180 dan ortiq film va seriallar taqdim etilgan. Ahamiyatlisi, festivalda rejissiyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratga olingan «Saodat» teleseriali uchun bir nechta mukofot bilan taqdirlandi.

Jumladan, teleseriallar ichida «Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun» nominasiyasida «Saodat» teleseriali rejissiyori M. Erkinov Gran-priga sazovor bo‘ldi.

«Eng yaxshi ssenariy muallifi» nominasiyasida Muqaddas Usmonova, «Eng yaxshi operatorlik ishi» nominasiyasida Ravshan Mirzakamolov va «O‘gay ona» teleseriali uchun rejisyor Xurshid Hasanovga maxsus sovrin topshirildi.

Kiritildi: 21:00 11.09.2019. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!