Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga qamaldi

Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga qamaldi

Samarqandlik yirik tadbirkor, “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari Umar Rajabov firibgarlikda ayblanib 11 yilga qamaldi, deb xabar qilmoqla “Samarkandskiy vestnik” nashri.

“Bugun qurilish kompaniyasi rahbari Umar Radjabov va uning uch nafar yordamchilariga sud hukmi o‘qildi. U. Rajabov 11 yilga, uning o‘g‘li Ruslan Radjabov 8,5 yilga, SH. Obloqulov – 10 yilga, A. Odilov 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud qaroriga asosan ularning mulki jabrlangan fuqarolar foydasiga musodara qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Umar” qurilish kompaniyasi qurgan uylar atrofidagi mojarolar 2 yildan buyon davom etayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular ruxsatnoma olmasdan turib uy-joylar qurishni boshlagan va bo‘lajak xaridorlardan 900 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘ yig‘ib olgan. Ushbu holat yuzasidan Umar Rajabov va uning hamkorlari O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) ko‘zda tutilgan jinoyatda ayblanib 2019 yilning fevral oyida hibsga olingan edi.

 

Kiritildi: 14:28 05.09.2019. O'qildi: 3640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!