Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandlik ayol o‘z uyida bosqinchilarga duch keldi

Samarqandlik ayol o‘z uyida bosqinchilarga duch keldi

Samarqand. 2019 yilning 12 noyabr soat 01:20 da Samarqand tumani Badal mahallasida yashovchi 64 yoshli M.B. (ayol) xonadonida begona shaxslarni yurganligini sezib qolib, hovli qismiga chiqqan vaqtida ikki nafar noma’lum shaxslar boshiga niqob, qo‘llariga qo‘lqop kiygan holatda unga tashlanib, undan tilla taqinchoqlarini qayerdaligini so‘rab, uning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, yiqilib qolgan vaqtida yashash xonasiga kirib, xonada bo‘lgan 4.000.000 so‘m pullarini hamda 2 dona «Nokia» rusumli telefon apparatlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat Samarqand shahrida yashovchi 33 yoshli B.A. va 28 yoshli SH.A., lar tomonidan sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan bir dona “Nokia X-2” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha B.A. va SH.A., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:16 11.07.2020. O'qildi: 3969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!