Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Samarqandlik 26 yoshli yigit otxonada o‘zini o‘ldirdi

Samarqandlik 26 yoshli yigit otxonada o‘zini o‘ldirdi

Joriy yilning 26 aprel kuni Samarqand viloyati Payariq tumani Boshqo‘rg‘on qishlog‘ida 26 yoshli yigitning jasadi topildi. U og‘ilxonada o‘zini osgan.

U hech qayerda ishlamagan, faqat mardikorlik bilan kun kechirgan. Nega o‘z joniga qasd qilgani esa noma’lum. Qo‘shnilardan birining aytishicha, yigit uylanmagan va faqat mardikorlik bilan shug‘ullangan.

Uning dafn marosimini o‘tkazdik. Kuni bo‘yi osilgan holda turgan ekan. Kechga yaqin oila a’zolari topib olishibdi. Hech qayerda ishlamasdi, uylanmagandi. Nega bunday qilgani noma’lum, dedi qo‘shni.

Tuman milisiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:56 12.04.2019. O'qildi: 2346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!