Bugun 23 iyul, 2021 yil, juma

КИР

Samarqandda YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘yishgani aytilmoqda

Samarqandda YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘yishgani aytilmoqda

10 iyun Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Axmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘ravonligi tufayli vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati xabar berdi.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolatidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 10 iyun kungi tungi soat 00.20 larda 42 yashar soliq xodimi Aziz Axmedov o‘zining davlat raqami 30 B 572 PA bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli navbatchilik qilayotgan inspektorlari Qo‘chqorov, Ismoilov, Rahimberdiyev va Xoliqulovlar tomonidan to‘xtatilgan.

YPX inspektorlari o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami 30 X 577 SA bo‘lgan Spark rusumli avtomobilining orqa o‘rindig‘iga soliq xizmatchisining yuz qismidan bosib, uning o‘ziga azob bermasliklarini so‘rab baqirganiga qaramay uning qisqa va tez o‘limiga sabab bo‘lishgan.

Samarqand viloyati sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, soliq xizmatchisining o‘limiga yurak o‘lchami va massasining keskin oshini, ya’ni nafas qaytishi sabab bo‘lgan. O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasi davomida soliq inspeksiyasi rahbarining yuz va bo‘yin qismlari, tirsak va boshqa sohalarda jarohatdan olingan shilinmalar borligi aniqlangan.

42 yashar Aziz Axmedov 11 iyun kuni asr namozidan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tumani Qo‘shhovuz mahallasida tuproqqa berildi. Mazkur voqea ichki ishlar idoralarining zo‘rovonlik harakatlari davom etayotgani, tizimda nazorat to‘la izdan chiqqanini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha respublika Milliy markazi rahbariyatini mazkur hodisani o‘rganishga chaqiradi.

Kiritildi: 15:53 11.06.2021. O'qildi: 14960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!