Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda uch kishi is gazidan vafot etdi

A A A
Samarqandda uch kishi is gazidan vafot etdi

O‘zbekiston is gazidan vafot etish bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. Navbatdagi holat Samarqand viloyatida qayd etildi.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 28 dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Boybo‘l MFY hududida is gazidan zaharlanish natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Ushbu baxtsiz hodisa nostandart gaz balloni va isitish moslamasi (gorelkasi)dan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, qo‘lbola istish moslamasining dudburoni hamda yotoqxonada xavo almashish tizimi o‘rnatilgan tartibda bo‘lmaganligi sababli, suyultirilgan gazni yonishi natijasida xosil bo‘lgan is gazi xona ichida to‘plangan va fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Hurmatli yurtdoshlar, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ida ishlaydigan isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Nostandart va qo‘lbola isitish pechlari hamda gaz ballonlaridan foydalanmang , deya ogohlantirmoqda.

Manba: qalampir. uz

Kiritildi: 20:51 30.12.2018. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik