Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda tartibsiz qurilish YUNESKO e’tiroziga sabab bo‘ldi

Samarqandda tartibsiz qurilish YUNESKO e’tiroziga sabab bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimligida shahardagi qurilish muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashri.

Yig‘ilish davomida hokim to‘planganlarni Samarqand shahridagi qurilishlar bo‘yicha respublika prokuraturasi ishchi guruhi taqdim etgan ma’lumotnoma bilan tanishtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat markazidagi 141 ta ob’ektda yer ajratish, qurilish tartib-qoidasi va texnologiyalari buzilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga mutaxassislar bilan bir qatorda keng jamoatchilikni jalb etishga kelishib olindi. Shu sababli yig‘ilishga hokimlik mutasaddilari, arxitektorlar, quruvchilar, shuningdek, deputatlar, OAV xodimlari, faol ziyolilar taklif etildi.

- Qurilishdagi pinhona kelishuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlarining yopiqligi sohadagi qonun buzilishlari hamda korrupsiyaga yo‘l ochgan, - dedi E.Turdimov. - Ayniqsa, qadimiy shahardagi ayrim tarixiy meros ob’ektlariga zarar yetgan. Bu holat YUNESKO ma’muriyatining e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Bundan keyin viloyatda, xususan, yer ustidagi ochiq muzey deb tan olingan Samarqand shahridagi barcha qurilish oshkora amalga oshiriladi. Ob’ektlarning qurilishi, rejalashtirilishida jamoatchilik va aholi fikri hisobga olinadi , - dedi viloyat hokimi.

Qurilishdan shaxsiy manfaat ko‘rish uchun quruvchiga ham, ijro organi rahbarlariga ham, o‘rtakash tovlamachilarga ham yo‘l berilmaydi. Deputatlar, jurnalistlar, umuman, ziyolilardan iborat targ‘ibot guruhi aholi o‘rtasida hamda OAV orqali yangi ob’ektlar qurilishi bilan bog‘liq rejalarni tushuntiradi.

Ayrim mahallalarda eski uylar ko‘p, ba’zi mahallalarda kanilizasiya yo‘q, hovlilar sel kelishi mumkin bo‘lgan suv yo‘llarida joylashgan. Tabiiyki, kelgusida bunday manzillarda rejali qurilishlar olib boramiz. Lekin har qanday sharoitda obida va binolar muhofazasi e’tiborda bo‘ladi.

Yig‘ilishda o‘rganilgan ob’ektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Kiritildi: 11:32 18.02.2019. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!