Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda rahbar shaxs 1 milliardga yaqin kredit mablag‘ini "jig‘ildoniga urdi"

Samarqandda rahbar shaxs 1 milliardga yaqin kredit mablag‘ini "jig‘ildoniga urdi"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvchi “M.B.” MCHJ rahbari O.SH. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan maishiy texnika vositalari va yumshoq mebellarni naqd pulga sotib yuborib, 850 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “B-M.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar maktabgacha ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining 549,6 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:45 24.06.2024. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!