Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda portlash: erkak kishi halok bo‘ldi

A A A
Samarqandda portlash: erkak kishi halok bo‘ldi

Samarqand shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozonxonasining isitish tizimida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa 2021 yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 00:20 da sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida maktabning qozonxona nazoratchisi 50 yoshli H. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat bo‘limiga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bemor shifoxonada vafot etgan.

Hodisa yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 16:33 04.01.2021. O'qildi: 4116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik