Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda ommaviy mushtlashuv: 3 nafar turkiyalik jarohat oldi (VIDEO)

Samarqandda ommaviy mushtlashuv: 3 nafar turkiyalik jarohat oldi (VIDEO)

Kecha 6 noyabr kuni Samarqandda qurilayotgan ko‘p qavatli binolardan birining quruvchilari orasida ommaviy mushlashuv sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.

“Huquqni saqlash organlaridagi manbaaga asosan, uch nafar turkiyalik mutaxassislar qurilish maydonchasida isinish uchun olov yoqishgan. Ularning yoniga o‘zbekistonlik quruvchi kelganda ular orasida tortishuv yuz bergan. Keyin bu mushtlashuvga aylanib ketgan va unga yana 6 nafar quruvchi qo‘shilgan”, - deyilgan xabarda.

Mushtlashuvda 4 kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilishgan. Ulardan 3 nafari Turkiya fuqarolari.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 277 moddasiga (Ommaviy bezorilik) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:47 07.11.2019. O'qildi: 2595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!