Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda mudhish YTH: haydovchi 3 ta qizni urib yuborgan (video +18)

Samarqandda mudhish YTH: haydovchi 3 ta qizni urib yuborgan (video +18)

9 oktyabr kuni soat 22:30da Samarqand shahar «Registon» mahallasi Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘’jiza” bazmgohi qarshisidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida mudhish YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Samarqand IIB.

Qayd etilishicha, I.K familiya ismli haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi piyodalar: 08.10.1996 yilda tug‘ilgan I.U., 26.07.1996 yilda tug‘ilgan O.U., va 16.07.1994 yilda tug‘ilgan X.U.ni urib yuborgan.

Natijada piyodalar tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.

Hozirda jabrlanuvchilar I.U. va X.U. ahvoli o‘rtacha darajada, jabrlanuvchi O.U. esa og‘ir ahvolda shifoxonada yotib davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda guvohlar tomonidan voqea joyidan olingan VIDEO joylashtirildi (+18).

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 15:12 12.10.2018. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!