Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 18 yanvar kuni kelin-kuyov is gazidan vafot etdi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o‘chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o‘lik holda topilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, kelin-kuyovning yaqinlari jasadni ko‘mib yuborgan va bu to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.

Kiritildi: 13:16 21.01.2023. O'qildi: 2120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!