Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqandda jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumani markazida joylashgan “Bulung‘ur dehqon bozori” hududida ikki nafar shaxslarning fuqarolardan lisenziyasiz kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi uchun doimiy ravishda tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Mazkur holat bo‘yicha 2021 yil 23 dekabr kuni Bulung‘ur tumani “Bulung‘ur dehqon bozori” oldida Samarqand viloyati IIB hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro I.K., I. ismli shaxsdan kunlik talab qilib kelayotgan 40 000 so‘m pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Fuqarolar I. K. va A.K. lar Bulung‘ur tuman IIBga olib kelinib, xolislar ishtirokida yon cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda cho‘ntaklaridan tadbir uchun ishlatilgan maxsus ishlov berilgan pullar ekanligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Shuningdek, I. K. va A.K. lar bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ular “Gulbahor opa trans” MCHJ xodimlari 17 ta taksi avtomashinalariga ruxsati bo‘lishiga qaramasdan,
100 ga yaqin taksi avtomashinalardan kunlik 40 ming so‘mdan pul mablag‘larini noqonuniy ravishda undirib, MCHJning rahbari X.G.ga berib kelishini va o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib kelayotganligini ma’lum qildi.

Surishtiruv ishlari davomida, ushbu “Gulbahor opa trans” MCHJda pul terish ishlari bilan shug‘ullanuvchi yana 3 nafar fuqarolar X.SH., H.S. va B. A. lar aniqlanib, tuman IIBga olib kelindi.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Bulung‘ur tumani markazida joylashgan bekatlarda pul yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Dj.B. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, u “Bahora avto yo‘lovchi” XKda ishlashini va yo‘nalishiga qarab kunlik “stoyanka” xaqqi uchun har bir avtomashinadan kunlik 2 ming so‘mdan 4 ming so‘mgacha, lisenziyasiz faoliyat olib borishlari uchun esa har bir avtomashina egasidan kunlik 20 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha naqd pul mablag‘larini terib olishini va jamiyat rahbari E.A. ga topshirishini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, “Bahora avto yo‘lovchi” XK direktori E.A. ushlanib, shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan taksi avtomashinalarini yozib boruvchi daftar, ruchka va 670 ming so‘m pullar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida, I. K. va ukasi A.K. lar bir guruh bo‘lishib, 2021 yil 28 avgust kuni soat 13:30 larda jamoat joyi hisoblangan Bulung‘ur tumani “Mehrjon” mahallasi hududida jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq normalariga zid ravishda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hech bir sababsiz fuqaro D.R. ning tanasining turli sohalariga urib-do‘pposlashib, unga tan jarohati yetkazishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I. K. va A.K. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi va 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar JPKning 221-moddasi tartibda ushlangan.

Tadbirning qolgan 6 nafar ishtirokchilariga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 10:51 04.01.2022. O'qildi: 3439 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!