Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda ikki yigit opa-singillarni kaltakladi (VIDEO)

A A A
Samarqandda ikki yigit opa-singillarni kaltakladi (VIDEO)

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 2 yigit qizlarni do‘pposlayotgan video tarqaldi.

Tarqalgan videoning izohida yozilishicha voqea Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan.

Post egasining ma’lum qilishicha fuqaro va uning sherigi oshxonaga kelib, spirtli mahsulotlarni ichib, janjal ko‘targan va qizga hisobni olib kelishini aytgan. Qiz kompyuter xizmati yo‘qligini aytib, uzr so‘ragan va hisobni qog‘ozga ruchka bilan yozib olib kelgan. Ammo mijoz bu holatga ko‘nmay qizni shaxsiyatiga tegadigan so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bunga javoban qiz senda ham ona bor, senda ham opa bor , degan.
Bu so‘zlar uning yanada jahlini chiqargan. Qizning yuziga ikkala qo‘li bilan shapaloq tortgan. Qiz bunday adolatsizlikka chidolmagan va janjal boshlangan.

Videoda kaltaklangan qizlar opa-singil ekani aytilmoqda. Quyida videolavhani havola etamiz.

Kiritildi: 15:42 17.12.2018. O'qildi: 5082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik