Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda ikki o‘qituvchi tanishini qasddan o‘ldirdi

A A A
Samarqandda ikki o‘qituvchi tanishini qasddan o‘ldirdi

Kecha, 24 oktyabr kuni Samarqand viloyatida 36 va 35 yoshli pedagog-o‘qituvchilar qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

24 oktyabr kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, “Nakurt” mahallasida o‘qituvchilar Aziz S. (1983 y.t.) va Xamid B. (1984 y.t.) tanishi veterenariya bo‘limi xodimi Umid S. (1984 y.t.) bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib, tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tkazib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan Aziz S. va Xamid B.larga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:29 25.10.2019. O'qildi: 3683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik