Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda dabdabali to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi (video)

Samarqandda dabdabali to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi (video)

Samarqandda to‘y korteji haydovchilari eng kam ish haqining uch baravari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda STV telekompaniyasi xabar bermoqda.

Joriy yil 21 fevral kuni Samarqand viloyati, Toyloq tumani M-39 avtomobil yo‘lining 1089 kilometrida, Sochak aholi yashash joyida sakkizta Captiva va bitta Mersedes-Benz rusumli avtomashinalar guruh-guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidasini qo‘pol ravishda buzgan hamda orqa tomondagi transport vositalari haydovchilariga noqulayliklar tug‘dirgan.

Kortej orqasidan kelayotgan haydovchilar ushbu to‘y kortejini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, avtomashinalar jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Qoidabuzarlarga nisbatan Ma’muriy kodeksning 129-moddasiga asosan (eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat hududiga 2018 yilda jami 184 ta to‘y korteji bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Kiritildi: 15:01 10.03.2019. O'qildi: 2967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!