Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandda “Captiva” yonib ketdi

A A A
Samarqandda “Captiva” yonib ketdi

Bu haqda YHXBB xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3 avgust kuni soat 16:20 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «4-oilaviy poliklinika» avtoturargohida to‘xtab turgan “Captiva” rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 21:48 03.08.2021. O'qildi: 2500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik