Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda bir otaning ikki o‘g‘li suvga cho‘kib, vafot etdi

A A A
Samarqandda bir otaning ikki o‘g‘li suvga cho‘kib, vafot etdi

Samarqand viloyati, Toyloq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi N.Norboyevning bir vaqtni o‘zida ikki farzandi suvda cho‘kib vafot etgan. Bu haqda xabar.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Javohir va Shohjahon Jo‘raqulovlar o‘rtoqlari bilan o‘tgan shanba kuni uyi atrofidagi daraxtzor ichidagi hovuzga borishgan va unga cho‘kib ketgan.

Mahalliy aholining aytishicha, ushbu hovuzda hamisha bir, bir yarim metr atrofida suv bo‘lgan. Shu vaqtga qadar hech kim cho‘kmagan yoki talofat ko‘rmagan. Joriy yil seryomg‘ir bo‘lgani bois, unda suv ko‘paygan va tagi botqoq bo‘lib qolgan.

Bolalar xuddi shu tufayli qurbon bo‘lgani taxmin qilingan. Bolalar fojiasi haqida ularning otasiga o‘rtoqlari xabar bergan.

Kiritildi: 13:47 07.05.2019. O'qildi: 3025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik