Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda ayol o‘gay farzandini o‘g‘irlab, kundoshiga tahdid qildi

Samarqandda ayol o‘gay farzandini o‘g‘irlab, kundoshiga tahdid qildi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida noma’lum ayol 48-umumta’lim maktabi o‘quvchisini o‘g‘irlab, uyiga olib ketgan.

«Daryo» xabar berishicha, hodisa 7 oktyabr kuni tumandagi Buloqboshi qishlog‘ida ro‘y bergan.

Noma’lum ayol maktab o‘quvchisini uyiga olib borib, so‘ng bolaning onasini chaqirtirgan. Kundoshi kelgach, bolaning bo‘yniga pichoq tirab, «er meniki, ko‘nmasang bolangni so‘yib tashlayman» deb tahdid qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, tuman huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ayol hibsga olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:42 10.10.2019. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!