Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Samarqandda 58 ta mansabdor prezident topshiriqlarini bajarmadi, natijada...

Samarqandda  58 ta mansabdor prezident topshiriqlarini bajarmadi, natijada...

Samarqand viloyatida prezident topshiriqlarini va hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan 58 nafar mansabdor intizomiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib "turon24" ma’lum qildi.

Javobgarlikka tortilganlar orasida 5 nafar tuman hokimi va o‘rinbosari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, maktabgacha ta’lim, “O‘zbekenergo”, “Suvoqova”, bandlikka ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash va o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, tijorat banklarining viloyat va tuman bo‘limlari, hunarmandlar uyushmasi, irrigasiya tarmog‘ining rahbar va mas’ul xodimlari bor.

Jumladan, “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilgan mahallalarga tutash 53 km yo‘lni ta’mirlash 2018 yilning 1 oktyabriga qadar yakunlanishi lozim bo‘lgan. Samarqand, Urgut, Narpay, Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlari yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari rahbarlarining mas’uliyatsizligi oqibatida belgilangan ishlar o‘z vaqtida bajarilmagan.

Viloyat prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i Muhiddin Bahriddinovga ko‘ra, viloyat prokuraturasi prezident imzolagan hujjatlarda belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini alohida nazoratga olgan.

 

Kiritildi: 16:44 08.11.2018. O'qildi: 2196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!