Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqandda 5 farzandning onasi o‘zini osib o‘ldirdi

A A A
Samarqandda 5 farzandning onasi o‘zini osib o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 5 farzandning onasi osib o‘ldirilganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 2022 yilning 3 oktyabr kunidan 4 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Pastdarg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Marhum S.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Xozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:50 10.10.2022. O'qildi: 3659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik