Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Salomga yarasha alik: Buyuk Britaniya ham Belorussiya elchilarini o‘z hududidan chiqarib yubordi

Salomga yarasha alik: Buyuk Britaniya ham Belorussiya elchilarini o‘z hududidan chiqarib yubordi

10 noyabr kuni Britaniya hukumati Belorussiya elchilarini o‘z hududidan chiqarib yubordi. Bu 9 noyabr kuni Belorussiyaning britaniyalik elchilarini haydab yuborganiga javob tariqasida amalga oshirildi, deya xabar berdi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

«Biz bugun Lukashenkoning hukumatiga Britaniya diplomatlarini asossiz ravishda chiqarib yuborish yomon oqibatlarga olib kelishini bildirib qo‘ydik. Buyuk Britaniya Belorussiya hukumatini avgust oyida bo‘lib o‘tgan soxta saylovlar va belorus xalqining namoyishlarini bostirish uchun doimiy ravishda zo‘ravonlik ishlatgani uchun aybdor, deb hisoblashda davom etadi» deydi Raab.

Belorussiyada avgust oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovidan beri hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Aholi mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenkoning iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Ammo, Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Lukashenko hukumatdan ketmoqchi emas.

O‘tgan haftda Yevropa Ittifoqi Lukashenko va yana 14 nafar belorussiyalik amaldorga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan bo‘lib, unga ko‘ra ushbu ro‘yxatga tushgan shaxslarning Yevropa Ittifoqi hududiga kirishi va u yerdagi mol-mulklaridan foydalanishi taqiqlandi.

Mazkur ro‘yxatda Lukashenkoning o‘g‘li ham bor.

Kiritildi: 18:01 11.11.2020. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!