Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sakkiz prof bokschimiz 2 mart kuni Puchxonda ringga ko‘tariladi

Sakkiz prof bokschimiz 2 mart kuni Puchxonda ringga ko‘tariladi

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchxon shahri 2 mart kuni navbatdagi professional boks kechasiga mezbonlik qiladi.

Ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik 8 nafar prof bokschi ham ringga chiqadi. Kechaning markaziy jangi ham bevosita hamyurtimiz ishtirokida kechadi. Shahzodbek Sharobiddinov (6 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) filippinlik Konrado Tanamor (12 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat) bilan to‘qnash keladi.

Avval xabar berganimizdek, Koreyadagi turnirda Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov debyut jangini o‘tkazadi. Kichik Do‘smatovga filippinlik 28 yoshli Jover Amistoso (5 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) raqiblik qiladi. Faryozbek havaskor boksda O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda 8 ta jang o‘tkazgan va 5 g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi.

Bokschilarimiz va ularning raqiblari:

Shahzodbek Sharobiddinov - Kornado Tanamor

Husniddin Maraimov - Tuohatasen Sailibiyeke

Shohbozbek Tolibjonov - Tangjiayerke Asixayer

Egamberdi Nuriddinov - Daril Amonsio

Dovrug‘bek Ibragimov - Mark Sales

Faryozbek Do‘smatov - Jover Amistoso

Sirochbek Ismoilov - Jae Jun Go

Doniyorbek Haytaliyev - Ming Vey Liu

Kiritildi: 09:22 29.02.2024. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!