Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan uchrashdi. Uchrashuvda amerikalik investorlarning O‘zbekistonga nisbatan ortib borayotgan qiziqishi muhokama qilindi.
"Biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini o‘zaro manfaatli asosda tartibga soluvchi kelishuvlar ustida ish olib bormoqdamiz", deb yozadi O‘zbekiston Administrasiyasi rahbari telegramdagi sahifasida.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun elchi janoblariga minnatdorlik bildirdi.