Qirg‘izistonda soliq organlari 2024 yil uchun davlat va munisipal xizmatchilarning daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiyalarni e’lon qildi. Shundan so‘ng mamlakat prezidenti Sadir Japarovning ham qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat soliq xizmati tomonidan e’lon qilingan deklarasiyalarda prezident Sadir Japarovning 2024 yildagi daromadi 2,2 million som (305 mln so‘mdan ko‘proq)ni tashkil etgan.
Nashrda ta’kidlanishicha, prezidentga 2,6 ming kvadrat metr maydonga ega biznes-markaz, Issiqko‘l viloyatining To‘p tumanida joylashgan 63 sotix qishloq xo‘jaligi yerlari hamda 21 sotix yer uchastkasi tegishli. Harakatlanuvchi mulk sifatida esa unga 100 ming som (taxminan 14 mln so‘m) baholangan «Jiguli» avtomobili qayd etilgan.
Shu bilan birga, deklarasiyada 1,1 milliard som (151,1 milliard so‘m) «pullarni qonuniylashtirish» sifatida ko‘rsatilgan. Bu oddiy qilib aytganda — avval rasmiy hisoblarda ko‘rsatilmagan pullarini keyin qonuniylashtirib, rasmiylashtirish demak.
Prezidentning yaqin qarindoshlarining daromadlari esa 29,7 million somni (173,6 million tengedan ortiq) tashkil etgan.