Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Saakashvili Prezident Vladimir Zelenskiy bilan munosabatlari haqida ma’lum qildi

Saakashvili Prezident Vladimir Zelenskiy bilan munosabatlari haqida ma’lum qildi

Ukraina Milliy Islohotlar Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Saakashvili Prezident Vladimir Zelenskiy bilan munosabatlarini bayon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

U munosabatlarni "ish yuzasidan" deb ta’rifladi. Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, ular Zelenskiy bilan doimiy aloqada. Shuningdek, u Ukraina rahbarini sodda va yoqimli odam deb biladi.

Avvalroq Saakashvili, uni Ukraina fuqaroligidan mahrum etgan sobiq prezident Petro Poroshenkoga nisbatan hech qanday yomonligi yo‘qligini aytgan. Boshlovchining Poroshenko "uni mamlakatdan chiqarib yuborganini" kechirganmi" degan savoliga, sobiq hokim Saakashvili "Mening hech kimga, Poroshenkoga va umuman hech kimga g‘azabim yo‘q" deb javob berdi. Biroq, agar u Poroshenko ikkinchi muddatga qayta saylansa, Ukraina uchun bu "halokatli" bo‘ladi degan fikrni bildirgandi.

Kiritildi: 08:49 03.07.2020. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!