Qarshining "Nasaf" klubi jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bilan yangi shartnoma imzoladi.
O‘zPFL xabariga ko‘ra, 54 yoshli murabbiyning yangi kelishuvi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Berdiyev "ajdarlar" bilan hozirgacha Superliga (1), kubok (4), Superkubok (4) g‘olibi bo‘lgan. U 5 karra O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi va 2 karra Superliganing eng yaxshi murabbiyi hisoblanadi.