Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ro‘yxatan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

Ro‘yxatan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

Ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi abituriyent shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tishdagi telefon raqam login o‘rnida hamda o‘zlari qo‘ygan parolni kiritgan holda shaxsiy kabinetga kirib, ruxsatnomani yuklashi mumkin. Agarda telefon sim kartasi yo‘qolgan va parol yoddan ko‘tarilgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

✔️ Aloqa kompaniyasiga borib, ro‘yxatdan o‘tgan raqamni qayta tiklash (sim kartani yangilash);

✔️ Yoki buning ham imkoni bo‘lmaganda Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilganda, murojaatchi so‘ragan boshqa telefon raqamiga o‘zgartirib beriladi.

Kiritildi: 18:49 05.07.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!