Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ruminiya hududiga uchib kirgan uchinchi dron urib tushirildi

Ruminiya hududiga uchib kirgan uchinchi dron urib tushirildi


​Bu haqda Ruminiya prezidenti Nikushor Dan ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun ertalab soat 10:00 da Ruminiya Harbiy-havo kuchlari Sulina-Kiliya hududidagi hududiy suvlar tepasida "Shahed" dronini urib tushirgan.

​"Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, juma kuni ertalab urib tushirilgan dron Rossiya Federasiyasining Ukrainaga qarshi urushida foydalanilayotgan "Shahed" turiga mansub.

Kecha va bugun urib tushirilgan dronlar bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda. Ushbu surishtiruvlar asosida Ruminiya tomonidan Rossiya Federasiyasiga qarshi diplomatik norozilik bildiriladi", — dedi Dan.

​Ta’kidlash joizki, Ruminiya hududida Rossiya dronlarining tez-tez urib tushirilishi Moskva Ukrainaning Dunay portlariga berayotgan zarbalari shiddati ortganidan dalolat beradi. Qora dengiz portlarida kemalar qatnovi to‘xtatilgach, dengiz orqali amalga oshiriladigan savdo aynan ushbu portlarga ko‘chirilgan edi.

Kiritildi: Bugun 20:35. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!