Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ruhoniy Oq uyni "aqlan zaif", deb atadi

A A A
Ruhoniy Oq uyni "aqlan zaif", deb atadi

Amerika prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning "Oq Uyning aqlan zaifligi" haqidagi bayonotini haqoratli, deb topdi.

"Eronning bugungi nodonlarga xos va haqoratomuz bayonoti, u haqiqiy holatni anglamayotganidan darak beradi", - deb yozgan siyosatchi seshanba kuni Twitterda.

Eslatib o‘tamiz, Vashington mamlakat rahbariyati va harbiy qo‘mondonlarga qarshi sanksiya kiritgach, Eron prezidenti mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari guvohligida Oq uyni "aqlan zaif" deb atagan va Tramp administrasiyasini "aqliy zaiflik qamrab olganini", u nima qilayotganini anglamayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z harakatlarida chalkashib qolgan, uning o‘zini tutishi faqat hayratga sabab bo‘lmoqda. Eron yetakchisi, bunday holatlar jahon siyosatida hali bo‘lmaganini alohida qayd etgan.

So‘nggi vaqtlarda AQSh va Eron munosabatlari o‘tkir tus oldi. Amerika hukumati Eron iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga qat’iy sanksiyalar kiritdi va sanksiyaviy bosimlarni kuchaytirishda davom etmoqda. Vashington, bu orqali islom respublikasi "o‘z harakatlarini o‘zgartirishiga" erishmoqchi. AQSh shuningdek, Eron qurolli kuchlarining bir qismi - islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK)ni terroristik tashkilot, deb e’lon qilgan. Bunga javoban Eron AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi - CENTCOMni terroristik tashkilot, AQShning o‘zini esa "terrorizm homiysi bo‘lgan davlat" sifatida e’lon qildi.

Manba: sputniknews-uz.com

Kiritildi: 07:15 26.06.2019. O'qildi: 1851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik