Yandeks data-markazlariga Ukrainaning hujumlari ortidan rossiyaliklarning ma’lumotlari chetda saqlanishi mumkin.
Rossiyadagi data-markazlarga qilinayotgan dron hujumlari sababli Internet-savdo kompaniyalari assosiasiyasi hukumatdan rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini “do‘st mamlakatlar”da saqlashga ruxsat berishni so‘radi.
Bu tashabbus, kompaniyalarga Rossiyada data-markazlarning ishlashini tiklash imkoni bo‘lmagan taqdirda, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlarni vaqtinchalik xorijiy zaxira ma’lumotlar markazlarida joylashtirishga imkon beradigan maxsus huquqiy rejimni joriy etishni nazarda tutadi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaga “do‘st mamlakatlar” ro‘yxatiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiritilgan.