Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyalik mutaxassis o‘zbekistonliklarning uzoq yashash sirini aytdi

Rossiyalik mutaxassis o‘zbekistonliklarning uzoq yashash sirini aytdi

O‘zbekistonliklarning boshqa respublikalarga qaraganda uzoq umr ko‘rishiga bir necha sabablar bo‘lishi mumkin, deydi Rossiya Gerontologiya ilmiy instituti direktori Olga Tkacheva.

Bu yerda ko‘p usimlik mahslotlar iste’mol qilishi, ko‘p harakat qilish, alkogol va tamaki mahsulotlarini kam iste’mol qilishi muhim o‘rin tutadi. Undan tashqari sharqiy mamlakatlarda yoshi katta insonlarni hurmat qilishadi, ularga yordam berishadi. Albatta bu ham umr uzayishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ma’lumki umr uzoq bo‘lishiga genetika faqat 15 % hissa qo‘shadi xolos. Sog‘liqni saqlash tizimining ulushi esa 15 %dan 25 %gacha. Uzoq umr ko‘rishda eng asosiy omil esa bu turmush tarzidir. Inson qanday yashashi, ko‘p yoki kam harakat qilishi, qanday ovqatlar iste’mol qilishi, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’moli eng katta va eng muhim o‘rin tutadi.

Shuning uchun bugungi kunda ko‘p davlatlarda aholi orasida sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilinmoqda. O‘z umri uzoqligi uchun aholining o‘z javobgarlik burchini oshirishga harakat qilishmoqda.

Albatta, ushbu o‘rinda tibbiyot va ijtimoiy sohaning tutgan o‘rni juda muhim. Bu borada inson yoshi qancha katta bo‘lsa ushbu sohalarning tutgan o‘rni ham ham shunchalik muhim bo‘lishini ta’kidlash lozim, deydi mutaxassis.

Kiritildi: 15:50 19.02.2019. O'qildi: 2270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!