Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyalik kurashchilar Parijdagi yozgi Olimpiadada qatnashmaydi

Rossiyalik kurashchilar Parijdagi yozgi Olimpiadada qatnashmaydi

Rossiyalik kurashchilar 5-11 avgust kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydi. Bu haqda Rossiya kurash federasiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .

Ma’lum qilinishicha, rossiyalik sportchilar 18 ta mumkin bo‘lgan Olimpiada lisenziyasidan 16 tasini qo‘lga kiritgan. Biroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi unvonli kurashchilar Abdulrashid Sa’dullayev, Zaurbek Sidakov, Zaur Uguyev, Musa Evloyev va Rossiya terma jamoasining boshqa yetakchilariga ruxsat bermadi:

«Shu munosabat bilan Rossiya kurash federasiyasi Ijroiya qo‘mitasida erkin, ayollar va yunon-rum kurashlari bo‘yicha Rossiya terma jamoalarining murabbiylar shtabi hamda Olimpiya o‘yinlariga taklif etilgan sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaslik to‘g‘risida bir ovozdan qaror qilindi».

Kiritildi: 21:30 06.07.2024. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!