Aleksandr Lunin Rossiya prezidentiga yo‘llagan videomurojaatida armiyada "ahmoqona va o‘limga olib keluvchi buyruqlarni" bajarishdan hamda "o‘ziga tegishli pullarni berishdan" bosh tortganlik uchun qiynoqlar qo‘llanilishi haqida gapirgan.
Harbiy xizmatchi agar Putin ushbu davom etayotgan vaziyatni muhokama qilish uchun u bilan uchrashmasa, "armiya qurollarini Kreml tomonga burishi" bilan tahdid qildi.
Luninning aytishicha, u deyarli 20 yildan beri urushlarda qatnashib kelmoqda, 2022 yildan boshlab esa Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yirik urushda ishtirok etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar jangchi avtomat berilmasdan harbiy topshiriqqa yuborilgani haqida video olgani sababli, uni 2025 yilda “Bars” otryadidan haydab yuborishgan.
Lunin tomonidan e’lon qilingan videorolik qisqa vaqt ichida 11 million kishi tomonidan ko‘rildi, izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar harbiy xizmatchini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.