Rossiyaning "Rybar" telegram kanalining asoschisi Mixail Zvinchuk Chernogoriyada hibsga olindi.
Hibsga olinganlar orasida rossiyalik targ‘ibotchining rafiqasi va yana uch kishi bor. Maxsus operasiya Kremlning gibrid tajovuziga qarshi kurash doirasida o‘tkazildi.
Zvinchuk ilgari Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi maxsus kuchlarida xizmat qilgan va 2024-yilda AQSh saylovlariga aralashishga urinishlar tufayli AQSh u va "Rybar" loyihasi haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qilgan edi.
«Ribar» — Rossiyaning Ukrainadagi urushi va xalqaro mojarolarni yorituvchi, 1,5 milliondan ortiq obunachisi bor harbiy-analitik Telegram-kanal.