TIV Chuvashiya Respublikasida sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Qozondagi Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, jabrlangan fuqaro tirik va tuman shifoxonasida davolanmoqda.
Shifokorlar uning ahvoli barqaror, olgan tan jarohatlari o‘rtacha og‘irlikda ekanini bildirgan.