Rossiya avtomobil bozorida yangi avtomobil brendlari, xususan, Uganda, Hindiston va Erondan paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda 19 fevral, dushanba kuni «Izvestiya» gazetasi Rossiya Federasiyasi Savdo-sanoat palatasiga tayanib xabar berdi. Palata prezidenti Sergey Koritinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar kuchayishi fonida yangi avtomobil brendlari bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Xususan, byudjet segmentida Tata Motors hind konsernining avtomobillari, shuningdek, Eronning Iran Khodro va Saipa avtomobillariga talab paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
Eron avtomobillari allaqachon Rossiyada mavjud. Xususan, Iran Khodro kompaniyasining Tara avtomobilini 1,5 million rublga sotib olish mumkin.
Uganda ham Rossiya avtomobil bozoriga kirishga qiziqish bildirgan. Mamlakatning Rossiyadagi elchisi Mozes Kizigening so‘zlariga ko‘ra, Uganda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Afrikada yetakchi hisoblanadi.
Ayni damda Xitoy avtomobillari Rossiya bozorining deyarli yarmini egallagan