Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik sayyohlar uchun maxsus to‘lov kartasi yaratiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik sayyohlar uchun maxsus to‘lov kartasi yaratiladi

Iqtisodiy rivojlanish va Moliya vazirliklari o‘zbekistonlik Rossiyaga kelayotgan mehmonlar uchun «turistik karta» yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi turizm bo‘yicha qo‘mitasi raisi Cangaji Tarbayev ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

Unga ko‘ra, kartada Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimiga asoslangan virtual hisobvaraqlardan foydalaniladi.

Bu AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Mir tizimi O‘zbekistonda ishlamayotganiga qaramay, o‘zbekistonlik sayyohlarga Rossiya hududida bemalol naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:21. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!