Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyada Telegram blokirovkasi boshlandi

Rossiyada Telegram blokirovkasi boshlandi

Rossiyada mashhur messenjer "Telegram"ni bloklash amalda boshlangan bo‘lishi mumkin. Messenjer bilan bir vaqtda bir qator xizmatlar — Yandeks, SDEK, Kinopoisk, shuningdek milliy messenjer MAX messenjeri ishida ham vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgan.

Ekspertlar fikricha, Telegram’ni bloklash jarayoni amalda allaqachon boshlangan. Sboy.RF portali ma’lumotlariga ko‘ra, 15 mart kuni messenjerning noto‘g‘ri ishlayotganidan taxminan 12 ming foydalanuvchi shikoyat qilgan, 16 mart kuni esa bu raqam qariyb 6 mingni tashkil etgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi sutkada Telegram Rossiya IP-manzillari orqali uy internet-provayderlari bilan ulanganda deyarli ishlamayapti. Xabarlar yuborilmasligi, qabul qilinganlari yuklanmasligi, suhbatlar esa ba’zan bir necha daqiqada yangilanishi mumkin.

Foydalanuvchilarning aytishicha, mobil internet orqali messenjerdan foydalanish ham deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan. Ayrim shaharlarda faqat cheklangan «oq ro‘yxat»dagi saytlar ishlayotgani sababli ko‘plab VPN xizmatlari ham yordam bermayapti.

Shu bilan birga, rasman Telegram hozircha Rossiyada to‘liq bloklanmagan. 2025 yilda messenjerda qo‘ng‘iroqlar funksiyasi o‘chirilgan, joriy yil boshida esa ayrim foydalanuvchilar mediafayllarni yuklash va yuborishda muammolarga duch kelgan. Fevral oyida Roskomnadzor servis qisman sekinlashtirilganini tasdiqlagan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram’ni to‘liq bloklash aprel oyi boshida amalga oshirilishi mumkin. Hokimiyat vakillari servis Rossiya qonunchiligiga rioya qilishi, jumladan taqiqlangan kontentni o‘chirishi va foydalanuvchilar ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashi kerakligini bildirgan.

IT mutaxassisi Filipp Kulin Kommersant nashriga bergan izohida muammolarni aloqa kanallarining ehtimoliy ortiqcha yuklanishi bilan tushuntirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasm va boshqa media fayllarni yuborish tarmoqqa katta yuk tushiradi, shuning uchun bunday sharoitda matnli xabarlar o‘tishi mumkin, media fayllar esa yo‘q.

Aloqa operatorlari assosiasiyasi MAKATEL prezidenti Aleksey Amelkin ham muammolar mavjudligini tasdiqladi. Uning aytishicha, so‘nggi kunlarda Telegram’ning Desktop versiyasi umuman ishlamayotgani haqida ham shikoyatlar paydo bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, vaziyat hudud, tarmoq turi va ulanish joyiga qarab farq qilishi mumkin. Amelkinning fikricha, davlat organlari turli hududlarda internetga kirishni cheklash bo‘yicha turlicha choralar qo‘llayotgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:27. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!