Rossiya Fanlar akademiyasi doirasida Oyda «suveren zonalar» yaratish taklifi ilgari surildi. Rejaga ko‘ra, 2036 yilgacha bu yo‘nalishga taxminan 700 mlrd rubl ajratish nazarda tutilib, umumiy «Kosmos» milliy loyihasi esa 4,4 trln rublga tushishi mumkin.
Biroq xalqaro huquqqa ko‘ra, Oy hech bir davlatga tegishli bo‘lishi mumkin emas — bu tamoyil 1967 yilgi Kosmos haqida shartnoma bilan mustahkamlangan.