Bu ma’lumotlar statistika idorasining Rossiyadagi sanoat ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi hisobotida keltirilgan.
Avvalroq, aprel oyida koks va neft mahsulotlari ishlab chiqarish mart oyiga nisbatan 12,3% ga va 2025 yilning apreliga nisbatan 9,2% ga kamaygan edi. Neft ishlab chiqarishning pasayishiga Ukraina dronlarining Rossiya neft infratuzilmasiga qilgan hujumlari sabab bo‘ldi.
Oldin bunga o‘xshash hech narsa kuzatilmagan edi. Jumladan, mart oyida koks va neft mahsulotlari bir yil oldingiga qaraganda hatto 0,8% ga ko‘proq ishlab chiqarilgan, fevral oyiga nisbatan o‘sish 14,2% ni tashkil etgan, uch oylik yakunlar bo‘yicha pasayish esa bor-yo‘g‘i 0,5% ni tashkil qilgan edi, deb qayd etmoqda The Moscow Times nashri.
Biroq, Moskvaning havo zarbalariga javoban Ukraina Rossiya armiyasiga yoqilg‘i yetkazib berishni ta’minlaydigan ob’ektlarga, Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari va portlariga dronlar hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi, deyiladi xabarda.