Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmoqda, ammo...

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmoqda, ammo...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 may, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

«Kelib tushayotgan ob’ektiv ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda vaziyat barqarorlashmoqda: epidemiya bilan birinchi to‘qnash kelgan Moskvada ham, Rossiyaning boshqa ko‘plab hududlarida ham har kunlik aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlarining soni doimiy ravishda kamaymoqda», — deb ta’kidladi Putin.

Biroq Putin mutaxassislar tomonidan istisno qilinmayotgan va kuzda yuz berishi mumkin bo‘lgan kasallikning ikkinchi to‘lqiniga tayyor bo‘lish kerakligi haqida ogohlantirgan.

O‘z navbatida, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, so‘nggi haftaning tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida kasallikdan yuzaga keladigan o‘lim ko‘rsatkichining jiddiy oshishi kutilmoqda. Uning qayd etishicha, hozirgi vaziyatga optimistik qarash mumkin.

«Umuman, biz hech qachon Rossiyada o‘lim bilan bog‘liq vaziyatni yashirmaganmiz, biroq biz hozir ko‘rib turgan vaziyat o‘lim darajasiga optimistik qarashga imkon beradi», — dedi Golikova.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin ham may oyida shaharda o‘lim ko‘rsatkichi oshishidan ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Moskvada amaldagi cheklovlar rejimini saqlab turish kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon 326 448 kishi koronavirusga chalingan. Umumiy hisobda 3249 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. Kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni 99 825 nafarga yetgan.

Kiritildi: 03:00 23.05.2020. O'qildi: 3741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!