Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada “Google”ga qarshi ma’muriy ish ochildi

Rossiyada “Google”ga qarshi ma’muriy ish ochildi

Rossiyada“Google”ga qarshi ma’muriy javobgarlik ishi ochildi, deb xabar qilmoqda Roskomnadzor.

“2018 yilning 26 noyabrida Roskomnadzorning Markaziy Federal okrug bo‘yicha boshqarmasi Google, LLC. kompaniyasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi ochdi”, - deyilgan xabarda.

Ma’umuriy ish Rossiya Federasiyasi Ma’muriy Javobgarlik kodeksining 13.40 (Operator tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik) bandi bo‘yicha ochilgan. Unda yuridik shaxslar uchun 500 mingdan 700 ming rublgacha jarima nazarda tutilgan. Ish dekabr oyida sudda ko‘rib chiqiladi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, qidiruv tizimlari operatorlari qonunga xilof ma’lumot tarqatayotgan saytlarni qidiruv natijalaridan istisno qilishlari shart. Buning uchun ular Davlat federal axborot tizimiga ulanib, u yerdan ta’qiqlangan internet-manbaalar ro‘yxatini  olishlari kerak.

Roskomnadzor xabariga ko‘ra, Google Rossiya hududida ushbu reestrga  qo‘shilmagan yagona qidiruv tizimi bo‘lgan. Kompaniya bu haqida oldindan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, o‘z majburiyatlarini bajarmagan.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, Rossiya Hukumati kelajakda ushbu qonunbuzarlik uchun jarimani oshirish niyatida. Xususan ular jarima miqdorini kompaniya yillik yalpi daromadining 1 % miqdorida belgilashi mumkin. Unday holda 2017 yilda daromadi 45,2 mlrd. rubl bo‘lgan Google 420 mln rubl tulashga majbur bo‘lardi.

Kiritildi: 11:37 27.11.2018. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!