Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiyada G7’ga kirishga deyarli imkon yo‘q

A A A
Rossiyada G7’ga kirishga deyarli imkon yo‘q

Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya iqtisodiyotlari taqqoslansa, Moskva ularning YAIM fonida G7’ga a’zo bo‘lishga da’vogarlik qilish uchun kam imkoniyatga ega. Nashr Rossiyaning G7’ga kiritilishi qarorini «katta ambisiyaga ega» deb atagan. Bundan tashqari, Rossiya jahondagi eng yirik o‘nta iqtisodiyot orasiga kirmaydi. Shuningdek, mamlakat «korrupsiyalashgan kapitalistik iqtisodiyot va liberal bo‘lmagan demokratiyaga ega», deb yozadi USA Today.

Rossiya «katta sakkizlik» xalqaro shakliga 1997 yilda qo‘shilgan, uning kiritilishi siyosiy va iqtisodiy islohotlarga umid bilan kechgan. Masalan, Bill Klinton ma’muriyati Rossiyani shu shaklga taklif etish tarafdori bo‘lgan bo‘lib, tug‘ilayotgan demokratiyani mustahkamlash hamda Boris Yelsin rahbarligi vaqtida erkin bozorni faollashtirishga umid qilgan. Biroq, Qrim Rossiya tarkibiga 2014 yilda qo‘shib olingach, u xalqaro shakldagi uchrashuvlarida qatnashmay qo‘ydi.

USA Today’ning fikricha, hattoki Ukrainada 2014 yilda yuz bergan hodisalar e’tiborga olinmasa ham, Rossiya G7’ga kirishga baribir juda kam imkoniyatlarga egadir. «Katta yettilikka» kiritilish bo‘yicha yagona variantga Rossiya hukumatining «demokratik hukumat va ochiq iqtisodiyotni» xohlashi aylanishi mumkin, bu esa ayni damda kuzatilmayapti, deb xulosa qiladi USA Today.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Britaniyaga Rossiya tajovuzkorligiga qarshi kurashish bo‘yicha taklif bilan chiqqandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:46 13.06.2018. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik