Rossiyada mobil internet o‘chirilgan holatlarda ham bankomat va to‘lov terminallari ishlashini ta’minlaydigan yangi mexanizm ishlab chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda aholi aloqa cheklangan vaziyatlarda ham naqd pul yechib olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi, telekom operatorlari va Markaziy bank hamkorligida ishlab chiqilgan.