Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada ayollar ham harbiy xizmatga chaqirilmoqda

Rossiyada ayollar ham harbiy xizmatga chaqirilmoqda


Rossiyada yoz fasli boshlanganidan beri harbiy xizmatga majbur bo‘lgan ayollar harbiy komissariatlarga chaqirilmoqda. Ayrim ayollarga qonun bo‘yicha taqiqlangan bo‘lsa-da, harbiy yig‘inlarda qatnashish haqida chaqiruv qog‘ozlari kelgan. Bu haqda “Mediazona” nashri manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Jurnalistlar oxirgi haftalarda harbiy komissariatlar bilan aloqada bo‘lgan uch nafar ayol bilan suhbatlashdi. Jumladan, Oksana ismli homilador ayol iyul oyi boshida elektron reestr orqali chaqiruv qog‘ozi olgan. Unda chaqiruv sababi harbiy yig‘inlarda qatnashish deb ko‘rsatilgan.

“Mediazona” suhbatlashgan boshqa ayollarning aytishicha, ularga chaqiruv qog‘ozlari “ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida” yuborilgani bildirilgan. Hozircha bu uchta holat bo‘yicha biror chora ko‘rilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi 2022 yil kuzidagi safarbarlik paytida ayollarni armiyaga chaqirish rejalashtirilmaganini aytgan edi. O‘shandagi chaqiruvlar ham “texnik xatolar” deb tushuntirilgan.

Shunga qaramay, 2026 yilda ayollarni shartnoma asosida harbiy xizmatga jalb qilish kampaniyasi boshlandi. Krasnoyarskdagi kollej talabalari bo‘lgan qizlarni dronlar bo‘linmalariga qo‘shilishga targ‘ib qilishgan.

Tomsk viloyatida esa ayollarni Rossiya qurolli kuchlariga ochiqchasiga taklif qilishgan. Ularga faqatgina shartnoma tuzish paytida homilador bo‘lmaslik sharti qo‘yilgan. Bunday e’lonlar tuman ma’muriyatlarining ijtimoiy tarmoqlarida tarqatilgan. Iyun oyi boshida Perm shahrida ham ayollarni harbiy xizmatga jalb qilish ishlari boshlangan.

Kiritildi: 21:43 19.07.2026. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!