Rossiyada, Nijniy Novgorodning Kudma qishlog‘idagi uydan to‘rt kishining jasadi topildi.
RIA Novosti'ning xabar berishicha, gumonlanuvchi katta miqdordagi pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab ketgan. Oldinroq to‘rt kishi hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Bugun ulardan biri so‘roq qilinayotgani ma’lum bo‘ldidi. Manbaga ko‘ra, gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u marhumlarning uyida hunarmand bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum.
Jinoyat qurbonlari 41 yoshli ayol, qotillikdan oldin zo‘rlangan, uning olti yoshli o‘g‘li va keksa ota-onasi. To‘ng‘ich farzand uyda bo‘lmagan. Ayolning eri xizmat safarida bo‘lgan.
Ayni damda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.