Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya va Ukraina yangi asirlar almashinuvini amalga oshirdi

Rossiya va Ukraina yangi asirlar almashinuvini amalga oshirdi

Rossiya va Ukraina 2 iyun kuni Stambulda o‘tkazilgan tinchlik muzokaralari natijalariga ko‘ra, navbatdagi asirlar almashinuvini amalga oshirishdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy ravishda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, Rossiya asirligidan Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya va Davlat chegara xizmati saflarida xizmat qilgan bir necha harbiylar ozod qilingan.

«Ularning ko‘pchiligi 2022 yildan beri asirlikda edi», — deya ta’kidladi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.

Asirlar almashinuvi Stambuldagi diplomatik aloqalarning amaliy natijasi sifatida qayd etilmoqda.

Kiritildi: 17:28 19.06.2025. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!